DELF-DALF

Fransuz tili bo’yicha DELF (Fransuz tilini o’rganish diplomi) va DALF (Fransuz tilini chuqur o’rganish diplomi) imtihonlari — bu Fransiya Milliy Ta’lim Vazirligi tomonidan chet ellik nomzodlarning fransuz tilini bilishini baholash uchun beriladigan rasmiy diplomlardir. DELF-DALF 6 ta diplomdan iborat bo’lib, ular Yevropa tilini bilishning umumiy doirasidagi 6 ta darajaga (A1, A2, B1, B2, C1, C2) mos keladi.

Har bir diplom mustaqil bo’lib, nomzodlarga o’zlarining darajasiga mos keladigan imtihonni tanlash imkonini beradi.

Olingan diplomlar umr bo’yi amal qiladi va tugash muddati yo’q.

Har bir darajada 4 ta til ko’nikmasi baholanadi: tinglab tushunish, o’qish, og’zaki nutq va yozma nutq.

Har bir ko’nikma 25 ball bilan baholanadi, umumiy ball miqdori esa 100 ballni tashkil etadi. Diplom olish uchun minimal me’yor — 50/100 ball, shuningdek har bir imtihonda kamida 5/25 ball olish talab qilinadi.

Kimlar uchun mo‘ljallangan?

DELF “Tout Public” (hamma uchun) fransuz tilidagi bilim va ko‘nikmalarini shaxsiy yoki kasbiy maqsadlarda tasdiqlamoqchi bo‘lgan kattalar va katta yoshdagi o‘smirlar, chet elliklar hamda fransuzlar uchun mo‘ljallangan.

“Tout Public” versiyasida topshiriqlar jamiyatga oid turli mavzularni qamrab oladi: jamoat hayoti, shaxsiy hayot, kasbiy faoliyat va ta’lim sohalari.

Bolalar va o‘smirlar esa DELF Prim yoki DELF Junior/Scolaire versiyalariga yo‘naltirilishi mumkin. Ushbu versiyalarda mashqlarda faqat yoshlar uchun qiziqarli va mos mavzular qo‘llaniladi.

DELF imtihonlari muloqot qilish ko‘nikmalarini baholaydi. Yosh o‘quvchilar Prim yoki Junior/Scolaire versiyalarida o‘zlariga yaqin bo‘lgan vaziyatlarga duch keladilar, bu esa ularga o‘z bilim va ko‘nikmalarini to‘liq namoyish etish imkonini beradi.

(Ma’lumotlar France Éducation international rasmiy saytidan olingan.)

blank