Кinosevarlar uchrashuvi

Chorshanba soat 15:00da

Kinosevarlar uchrashuvi – chorshanba, soat 15:00 da Alyansda bo‘lib o‘tadi.

Ishtirok obuna bo’lganlar uchun. Filmlar fransuz tilida, ruscha subtitrlar bilan namoyish etiladi. Film yoki uning mavzusi yuzasidan fransuz tilida muhokama o‘tkaziladi.

Fransuz kinosining so‘nggi asarlari yoki klassik filmlari, badiiy yoki hujjatli filmlar – maqsad Fransiyaga nazar tashlash va fransuz hamda frankofon madaniyatlari bilan bog‘liq mavzularni muhokama qilish imkoniyatini yaratishdir.

Namoyish dasturi haqida batafsil ma’lumot olish uchun Alyans Fransuz bilan bog‘laning yoki ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring!