Barcha darajalar uchun guruh yoki individual darslar: fransuz tilini shaxsan yoki masofadan turib o‘rganish imkoniyatini boy bermang!
Fransuz tilida muloqot qilishni xohlaysizmi? Fransuz madaniyatini o’rganasizmi? Molyerni fransuz tilida o’qing, sevimli qo’shiqlaringizni kuylang va ularning ma’nosini tushunib oling, shuningdek, professional imkoniyatlaringizni kengaytiring, sayohat qiling va insonlar bilan tanishing. Shunday ekan, Samarqand Fransuz Alyansiga keling va fransuz tilini kashf eting!
Fransiyadan kelgan malakali o’qituvchilar kurslarni interfaol va dinamik yondashuv bilan olib boradilar, bu sizga birinchi darslardanoq fransuz tilida muloqot qilish imkonini beradi! Talabalarimizni DELF-DALF sertifikatlariga eng maqbul tarzda tayyorlash uchun biz o’z sa’y-harakatlarimizni til ko’nikmalarining har bir jihatiga (yozma va og’zaki tushunish va ifodalash) qaratamiz.
Samarqand Fransuz Alyansi barcha darajalarga moslashtirilgan guruh yoki individual fransuz tili kurslari standart (kuz, qish va bahor,yoz) va intensiv kabi kurs formatlarini taklif etadi.
Kurslar Alyansning o’zida yoki onlayn Zoom orqali va sizning xohishingiz va imkoniyatlaringizga qarab gibrid formatda ham mavjud.
Muhim: Kursga ro’yxatdan o’tish uchun fransuz tilida darajangizni aniqlash lozim.
Ro’yxatdan o’tish havolasi: qishki sessiya
Barcha savollar: darajangizni aniqlaydigan test va ro’yxatdan o’tish uchun kurs koordinatoriga murojaat qiling.
Telefon: +998 95 210 63 63
Pochta: info@af-samarcande.uz